“Olmazor Business City” direktori Umid Umarovning so’zlari ko’ra, bog’da yangi daraxtlar va gullar ekilib, landshaft dizayn yaratiladi. Piyodalar va velosiped yo’laklari xamda sug’orish tizimi yangilanadi. Bolalar maydonlarni ko’rilib, o’rindiqlar va chiqindi qutulari o’rnatildi.
«Turizmni rivojlantirish uchun bog’ xududida mavjud binolar an’anaviy-milliy dizaynda rekonstruksiya qilinadi. Undan tashqari, kichik-kichik kiosklar bo’ladi, bu orqali kichik biznes (servis) yo’lga qo’yiladi



Direksiya raxbarining so’zlariga ko’ra, bog’da 1584ta daraxt mavjud. Ular to’liq inventarizatsiyadan o’tkazilgan. 5 mart kuni yuzga yaqin daraxt ekildi, bu ishlar ta’mirlash vaqtida xam davom ettiriladi.
Smeta hujjatlari yakuniga yetmoqda. Rekonstruksiya uchun shahar xokimligi va direksiya hisobidan 30 mlrd so’m atrofida mablag’ ajratiladi», — dedi direksiya rahbari