«Talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash shart» – Shavkat Mirziyoyev

Talabalarning 100 ming nafarga yaqini ishlash va qo’shimcha daromad topish niyati borligini bildirgan. Ishlashga extiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash shartligi takidlandi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda oliygoxlarda 510 ming nafar talaba kunduzgi shaklda o’qimoqda — jami 820 ming nafar. Davlat raxbarining topshirig’iga muvofiq, rektorlar, talabalar o’rtasida suhbat va so’rovnomalar o’tkazilgan.

«Qaysi xokim yoki rektor bo’sh ish o’rinlarini taxlil qilib, talabalarni joylashtirish bo’yicha ishlagan? Xozircha bu savolga ijobiy javob yoq. Xokim va rektorlar, bir narsani bilinglar — ishlashga extiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash shart», deydi prezident yig’ilishda.

«Bu raqamlar xaqiqatan ancha yuqori. Shuning uchun rektorlar xar bir talaba bilan o’zlari muloqot qilib, xaqiqiy xolatni bilish va ularni band qilishga shaxsan masul», deydi davlat raxbari.

Top